+7 (812) 933-77-75

Qo'llanma

 

Gipsoplast - bu maxsus qo’shimchalar bilan modifikatsiyalashtirilgan gipsli biriktiruvchi ashyo, ingichka dispersli to’ldirgichlar va yengil to’ldirgichlardan tashkil topgan, GOST 58279-2018 bo’yicha tayyorlangan yuqori quvvatli, universal quruq gips qorishmasidir. Normal namlikdagi ichkari quruq xonalarda beton, g’isht, gazli va ko’pikli beton asoslardan iborat bo’lgan devorlarni va shiftlarini qo’lda yoki mashina usuli bilan barcha suvoq uskunalar yordamida yuqori sifat darajasida suvash uchun mo‘.,’ljallangan.

Foydalanish usuli

Asosni tayyorlash

Eritma aralashmasining, asosning va atrof-muhitning harorati +5 dan +30°C gacha bo’lishi kerak.

Qurilish asosi mustahkam, qattiq bo’lishi kerakki, yog’lar, mastikalar, bo’yoqlar, chang, suvda eruvchan birikmalar va boshqalar kabi moddalarni yopishqoqligiga to’sqinlik qiladigan kir narsalardan tozalahangan bo’lishi zarur, shuningdek, asosni kichrayishiga va buzilishiga (deformatsiyalanishiga) yo’l qo’ymaslik kerak. Devorlarning yuzasini suvagan paytda maxsus gruntlaydigan eritmalar bilan foydalanish tavsiya etiladi. Agar asos yuqori suv singdirish qobiliyatiga ega bo’lsa, unda uni ikki marta gruntlash zarur bo’ladi. Silliq asoslar ustida chandiqlar qilish lozim.

Aralashmani ishlatishdan oldin betonli (sementli) asosning talab qilinadigan “yoshi” kamida 1 oyni tashkil etishi lozim hamda qoldiq namlik 3% dan oshmasligi kerak. Suvoq qilishdan oldin barcha chuqurlarni, bo’shliqlarni va boshqa mahalliy nuqsonlarni xuddi shu aralashma bilan oldindan to’ldirib qo’yish kerak. Ilgari shuvalgan sirtlarni yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qatlamliklarning bor-yo’qligi tekshirilib, nuqsonlarni bartaraf etish kerak. Beton yuzalardan to’ponlarni va opalubka qoldiqlari olib tashlanishi kerak. Ishni boshlashdan oldin kuchli singdiradigan asoslarni bir-biriga bog’lanishni yaxshilaydigan gruntovka bilan qayta ishlash zarur. Burchakli profilini tashqi burchaklarga ulash zarur. “Mayoq” bo’yicha suvoq qilinganda, “mayoqchali” profillarini yuza ustiga tikka (vertikal) ravishda mahkamlash kerak. Shu bilan birga mayoqlar orasidagi qadam suvoqni tekislash uchun mo’ljallangan langarcho’pning uzunligidan kamroq bo’lishi kerak.

Eruvchan aralashmani tayyorlash

Mashina orqali suvash uchun dastlabki sarf qilinadigan suvni suvoq mashinasida tahminan 590 litr/soatga o’rnatish kerak va suv miqdorini o’zgartira turib, tajriba yo’li bilan eruvchan aralashmaning quyuqligini sozlash lozim.

Qo’lda suvash uchun mexanik ravishda (mikser, maxsus uchlikli drel bilan) quruq aralashmani oldindan o’lchangan toza, xona haroratidagi 0,55 l/kg miqdordagi suvga asta-sekinlik bilan qo’shib, bir xil modda xosil bo’lgunga qadar aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ishlov beriladigan quyuqliqqa erishish uchun qo’shimcha suv aralashtirish mumkin.

Aralashtirish jarayoni 1-2 daqiqa davomida amalga oshiriladi, shundan so’ng suvoq aralashmasi ishlatishga tayyor bo’ladi. Tayyor eruvchan suvoq aralashmasidan foydalanish vaqti kamida 45 daqiqani tashkil etadi.

Ish tartibi

Suvoqlash: Suvoq aralashmasini odatdagiday suvoq ishlari texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlangan asosga mashina bilan suvoqlash kerak. Suvoq qatlamning kerakli qalinligi o’lchangan holda bir yo’l bilan surtish kerak.

Tekislash: Suvoq aralashmasini h-shakldagi langarcho’p yordamida yuzada tekislash zarur. Zarurat tug’ilganda, qalinroq qatlamga ega bo’lish uchun hali qattiqlashmagan birinchi qavatni qaldirg’och dumi shaklidagi suvoq taroq bilan “tarash” darkor. Suvoqning ikkinchi qatlami esa faqat birinchi qatlam quriganidan keyin surtiladi.

Kesish: Suvoq aralashmasi yopishib boshlaganda (aralashtirilgandan paytdan 90-120 daqiqa o’tgach), asosga tik (perpendikulyar) tutgan holda trapetsiya shakldagi langarcho’p bilan sirtni tekislash lozim, ortiqcha qismlarni kesib olish va chuqurchalarni to’ldirish kerak. Qurigandan so’ng bunday yuza ustiga oldindan chuqur singib ketadigan gruntovka bilan ishlov berilgan maxsus kley eritmalar yordamida keramik plitkalarni yopishtirish mumkin.

Bo’yoq uchun shpaklyovka qilmasdan (maxsus eritma surtib tekislash) turib yuzalarni tayyorlash:

Silliqlash: Sirt ustini silliq bo’lishi uchun kesib olingandan keyin 20-30 daqiqa o’tgach, shpatel (bo’yoq surtish uchun ishlatiladigan kurakchasimon asbob) bilan katta bo’lmagan g’adir-budur joylarni olib tashlab, ishlov berish lozim.

Yaltiratish: Silliqlagandan keyin 15-20 daqiqa o’tgach, suv bilan namlash kerak va gubkali yoki namatli (kigizli) qirg’ich bilan aylana harakat shaklida ishqalab chiqish lozim. Yaltiramaydigan yuza paydo bo’lgandan keyin (10-15 daqiqa) shtukaturkani (suvalgan joyni) keng harakatlar bilan shpatel yordamida silliqlash lozim. A?lo darajada yaltiroq sirt ustiga ega bo’lish uchun esa suvoq urilgandan so’ng 4-5 soatdan keyin, lekin bir sutkadan oshmagan muddat ichida shtukaturkani yanada ko’proq suv bilan namlab, keng shpatel yordamida silliqlab chiqish lozim. Ega bo’lgan yaltiroq sirt ustini shpaklyovka qilish shart emas, va o’ziga xos (fakturali) bo’yoq bilan ishlash uchun yaraydigan bo’ladi.

MUHIM!!! Tarkibida sement va qum aralashmasi mavjud hamda ko’pikli polistiroldan tayyorlangan suvoqlar bilan sirt ustilarini shtukaturka qilish, shuningdek, butun sirt bo’ylab har xil turkumli materiallarni bir-biriga ulanadigan sirtlarning bo’g’imlarini yopishtiradigan shisha tolali to’rlarni (5*5 mm bo’lgan katakchali) armaturali betonning qo’llanilishi yordamida amalga oshiriladi.

Yopilmagan konturli, yuqori namlikli, sovuq havo harorati bo’lgan xonalarda ishlar o’tkazilganda, ishlab chiqaruvchi belgilangan ishlov berish muddatlariga, yuzaning oxirgi sifatiga kafolat bermaydi.

Xavfsizlik choralari

Suvoq ishlarini bajarish jarayonida shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur. Quruq qorishmani aralashtirishda ko’z va nafas olish organlarini himoya qilish shart. Eruvchan aralashmasi teriga, shilliq pardalarga va ko’zlarga bevosita tegib ketishidan saqlanish kerak. Quruq va eruvchan aralashmalari ko’zlar, terilar va shilliq pardalarga tekkan taqdirda, ularni ko’p miqdorda suv bilan yuvib tashlash va, agar kerak bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Saqlash shartlari

Quruq aralashmali qoplarni yopiq joylarda saqlash kerak, qoplarning og’zi yaxshilab yopilgan bo’lib, ularni namlanishidan himoya qilish zarur.

Ishlab chiqaruvchining kafolati

Ishlab chiqaruvchi iste?molchi tomonidan foydalanish va saqlash qoidalariga hamda ushbu yo’riqnomaning ko’rsatmalariga rioya qilgan holda aralashmaning texnik shartlar talablariga muvofiqligini kafolatlaydi. Gips toshida tabiiy aralashmalar mavjudligi aralashmaning rangini oqdan sarg’ish ranggacha o’zgartirishi mumkin. Aralashmaning rangi sifat va xususiyatlarga ta?sir ko’rsatmaydi.

Ishlab chiqaruvchining idishida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy.

To’ldirgich donning maksimal hajmi

1,25 mm

1 kg quruq qorishmani aralashtirish uchun suv miqdori

0,54-0,59 l/kg

Qorishmaning mahkamlanishining boshlanish vaqti, … dan kam bo’lmagan

90 daqiqa

Bir qatlamning qalinligi

devorlar uchun 5-50 mm

shiftlar uchun 5-15 mm

Qatlamning qalinligi 10 mm bo’lgan m2 uchun quruq aralashmaning sarf qilinishi

9,0 kg/m2

7 sutkadan keyin zichlik paytidagi mustahkamligi

2,0 MPa dan kam bo’lmagan

7 sutkadan keyin egiluvchanlik va cho’ziluvchanlik mustahkamligi

1,0 MPa dan kam bo’lmagan

Asos (beton) bilan bog’lanish mustahkamligi

0,3 MPa dan kam bo’lmagan

15-20 mmli qatlamning +20 ° C haroratda va 60% havo namligida qurish vaqti

taxminan 7 sutka

Eruvchan aralashmasining, asosning va atrof-muhitning harorati

+5 dan +30оС gacha